AsosiyJamiyat

Toshkent-Qarshi poezdi yo`nalishi endi Termizgacha boradi

'Toshkent-Qarshi poezdi yo`nalishi endi Termizgacha boradi'ning rasmi

Yo`lovchilarga, sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 20 martdan boshlab, hozirgacha “Toshkent–Qarshi-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan 4/3 sonli elektropoezdi “Toshkent-Termiz-Toshkent” yo`nalishida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishni boshladi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur elektropoezd haftada 6 kun, ya`ni seshanba kunidan boshqa barcha kunlarda harakatini amalga oshiradi.

Toshkentdan soat 08.50da jo`naydigan 4-sonli elektropoezd, soat 20.16da Termiz vokzaliga, Termizdan soat 06.50da jo`naydigan 3-sonli elektropoezd esa soat 18.44da Toshkent vokzaliga kirib keladi.

    Boshqa yangiliklar