Qutqaruvchilar Andijon shahridagi O`zbekiston ko`chasida yugurib yurgan buqani tutishdi, deb xabar beradi O`zbekiston FVV matbuot xizmati.
Xabarda bildirilishicha, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor raqamiga Yo`l harakati xavfsizligi xizmati navbatchilik qismidan Andijon shahrining O`zbekiston ko`chasi bo`ylab harakat xavfsizligiga xavf tug`dirib buqa yugurib yurganligi xabar qilindi va uni tutishda yordam so`rab murojaat qilindi.
Etib kelgan qutqaruvchilar arqonlar yordamida tuzoq tayyorlab buqani ushlashdi va egasiga qaytarishdi.
Voqea 8 mart kuni ro`y berganligi va hech kim zarar ko`rmaganligi aytilmoqda.






