Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lumot berildi.
Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017 yil 1 oktyabr – 2018 yil 31 dekabr davrida – eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat`i nazar – ular egasining yozma arizasiga ko`ra ixtiyoriy ravishda, 2019 yil 1 yanvar – 2020 yil 31 dekabr davrida – eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat`i nazar – majburiy tartibda almashtiriladi.
Avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017—2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich – avtomototransport vositasini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish vaqtida amalga oshiriladi.






