AsosiyJamiyat

Komil Allamjonov Rossiya delegasiyasi bilan norasmiy uchrashuv o`tkazdi

'Komil Allamjonov Rossiya delegasiyasi bilan norasmiy uchrashuv o`tkazdi  'ning rasmi

O`zbekiston va Rossiya o`rtasida telekommunikasiyalar, televidenie va matbuot sohasida hamkorlik yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.

Allamjonovning yozishicha, Rossiya Federasiyasi delegasiyasi — aloqa vazirining o`rinbosari Aleksey Volin, Rossiyaning O`zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev, Rossiya prezidenti boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasiyalar bo`yicha maslahatchisi Dmitriy Fatixov, press-attashe Dmitriy Danilovlar bilan bilan norasmiy uchrashuv bo`lib o`tgan.

Skrinshot so stranis press-sekretarya prezidenta Uzbekistana v Facebook

"Telekommunikasiyalar, televidenie va matbuot sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdik", — deb yozadi Komil Allamjonov.

Uchrashuvda qator qo`shma loyihalarni amalga oshirish orqali Rossiyada O`zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga alohida urg`u berilgani bildirilgan.

"Qiziqarli takliflar uchun minnatdorman, O`zbekistonga xush kelibsiz!", — deya fikrini yakunlaydi prezident matbuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar