AsosiyJamiyat

Andijonda Navro`zga 2 tonnalik palov tayyorlandi (foto)

'Andijonda Navro`zga 2 tonnalik palov tayyorlandi (foto)'ning rasmi

Viloyat hokimligi hamda Oshpazlar assosiasiyasi viloyat bo`limi tashabbusi bilan “Bog`i Bobur”da 2 tonnalik palov tayyorlandi, deb yozadi "Andijonnoma" gazetasi.

Bosh oshpaz, Andijon shahridagi “Nodira” restorani taompazi Xurshidbek Hasanov shunday deydi: "Tayyorgarlikni uch kun avval boshladik. 400 kg qo`y go`shti, 150 kg yog`, 50 kg, dumba yog`i, 400 kg sabzi, piyozu ziravorlar... palovga ketadigan masalliqlar tayyor qilindi. Faqat o`rik daraxtining o`tini yoqiladi. Erta tongdan qozonga yog` quyildi. 12 nafar oshpaz doshqozon atrofida parvona bo`ldi".


Boshqa yangiliklar