AsosiyJamiyat

Qoplarga yashirilgan ammiakli selitra fosh etildi

'Qoplarga yashirilgan ammiakli selitra fosh etildi'ning rasmi

Mamlakatimiz xavfsizligini ta`minlashda ammiakli selitradan portlovchi moddalarni yashirin tayyorlash uchun komponent sifatida foydalanishga yo`l qo`ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi.

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda shu turdagi mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yish maqsadida Jizzax viloyati va Jizzax shahri hududida tezkor tadbir o`ztkazildi.

Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi rasmiy veb-saytida xabar qilindi.

Tadbir davomida “Jizzax-Samarqand” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan haydovchi E.Z boshqaruvidagi “Gaz 330210” rusumli yuk avtomashinasi to`xtatilib, bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Tekshiruv davomida avtomashina yukxonasida fuqaro T.M.ga tegishli bo`lgan, hech qanday hujjatlarsiz umumiy qiymati 2 million 395 ming 848 so`mlik, 50 kilogrammlik 60 dona polietelin qoplarga solingan mineral o`g`itlar noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Mazkur mineral o`g`itlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar e`tiborini chalg`itish maqsadida erkin sotuvda mavjud bo`lgan “karbamid” mineral o`g`iti uchun mo`ljallangan polietelin qoplarga qadoqlangan holda olib ketilayotganligi fosh etildi. Umumiy og`irligi 3 ming kilogrammni tashkil etuvchi “ammiakli selitra” mineral o`g`itlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirgi vaqtda, ushbu mineral o`g`itlarni manbaasini aniqlash bo`yicha bojxona idoralari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar