Samarqand xalqaro aeroportiga ISO 9001:2008 xalqaro sifat standartini tasdiqlovchi sertifikat berildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta`kidlash lozimki, Samarqand xalqaro aeroporti mazkur standartga menejment tizimini 2010 yilda joriy qilgan. Sertifikatning topshirilishi, aeroportning mijozlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha sifat darajasini oshirishni davom ettirayotganining tasdig`idir.
Eslatib o`tamiz, mazkur sertifikat jahonning 58 mamlakati tomonidan tan olinadi va Samarqand aeroportiga samolyotlar hamda yo`lovchilarga ko`rsatiladigan xizmatlar sifatining xalqaro e`tirofini ta`minlaydi.





