1

​Bollivud aktyori Irrfan Xan og`ir xastalikka chalindi

Dunyo 23.03.2018, 16:11
​Bollivud aktyori Irrfan Xan og`ir xastalikka chalindi

Bollivud aktyori Irrfan Xan o`zining Twitter akkauntida shifokorlar unga neyroendokrin saratoni tashxisini qo`yganini ma`lum qildi.

Kamdan kam uchraydigan saratonning bu turida qonga garmonlarni ishlab chiquvchi hujayrlar zararlangan bo`ladi, deya xabar beradi E-News.

51 yashar Irrfan Xan Bollivudning 100 dan ortiq filmlarida suratga tushgan. Shuningdek, u Gollivudning “Pi hayoti”, “Yura davri dunyosi”, “Xarobadan chiqqan millioner” hamda “G`aroyib spaydermen" filmlarida rol ijro etgan.

“Kutilmagan voqealar bizni ulg`aytiradi”, deb yozadi aktyor. - "Neyroendokrin kasalligiga uchraganimni bilish juda og`ir, biroq yaqinlarimning mehri va muhabbati hamda o`zimda bu tufayli kashf etganlarim yuragimda umid uyg`otadi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1