AsosiyJamiyat

Fohishaxonalarga borgan erkaklar jarimaga tortilishi mumkin

'Fohishaxonalarga borgan erkaklar jarimaga tortilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi fohishaxonaga borgan shaxslarga nisbatan jazo belgilanishini ta`minlovchi moddalarga qo`shimcha kiritishni taklif etmoqda. Bu boradagi loyiha Adliya vazirligi tomonidan Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-1 moddasiga taklif etilayotgan o`zgartirishga ko`ra, jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida fohishaxonaga borgan shaxslar eng kam ish haqining (EKIH) 1 baravari miqdorida jarimaga tortilishini nazarda tutadi.

Ayni vaqtda, kodeksda fohishalik bilan shug`ullangan shaxslar EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarimaga tortilishi belgilangan bo`lib, ushbu holat bir yil ichida qayta takrorlangudek bo`lsa, jarima miqdori EKIHning 3—5 baravariga teng bo`ladi.

Shuningdek, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 39-1-moddasini to`ldirish rejalashtirilgan, unga ko`ra jarima bilan birga ma`muriy sud «Fohishalik bilan shug`ullanish» va «Fohishaxonalarga tashrif buyurish» moddalari bo`yicha jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga «majburiy tibbiy choralar» tayinlashi mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar