1

Ukrainada sariq rangli qor yog`di

Dunyo 23.03.2018, 16:58
Ukrainada sariq rangli qor yog`di

RIA Novosti xabariga ko`ra, tabiatning bu mo``jizasi Ukrainaning Odessa viloyati janubida kuzatilgan.

Xabarda qayd etilishicha, bugun Odessa viloyatining Ismoil shahri meri Andrey Abramchenko Feysbukdagi sahifasida Dunay Gidrometeorologiya observatoriyasi mutaxassislari olib borgan laboratoriya tekshiruvida sariq tusdagi qordan olingan namunada zararli kimyoviy moddalar va jigarrang tuproq qorishmasi topilmaganini ma`lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sariq qor bilan qoplangan Odessa viloyati janubidagi boshqa hududlar manzaralarini ham internetga faol joylashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1