Qoraqalpog`iston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi axborot agentligi hamkorligida 22 mart kuni ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 22 nafar jurnalist, bloger va fotomuxbirlar Ustyurt tekisligiga sayohat uyushtirdi. Ular sayohatlari haqida so`zlab berdilar:
Ertalab soat 6:50 da yo`lga chiqar ekanmiz 3 soat yo`l yurib Qoraqalpog`istonning «Barsa»siga etib bordik.Biz dastavval tuz koniga tashrif buyurdik. Tuz tog`i haqida ko`p eshitgandiku, lekin hech o`z ko`zimiz bilan ko`rmagan edik. Umuman olganda bu borada hatto tasavvur ham yo`q edi. Xullas bu erdagi manzarani ta`riflash uchun so`z kamlik qiladi. Yaxshisi bu joylarni borib tomosha qilgan ma`qul.
Borsa kelmas tuz koni binosida tushlik qilib, yana yo`lga chiqdik.
Keyingi manzilimiz Ustyurt tekisligi bo`ldi. Biz bu joyda konyonlarni tomosha qildik.
Shundan so`ng Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qoshida tashkil etilgan Elabad va Qirq qiz posyolkalariga bordik. Ochig`i bu erdagi sharoitlarni ko`rib havasim keldi. Hatto Nukusda ham bunday zo`r sharoit yo`q desam aslo mubolag`a bo`lmaydi. Posyolkada 3 yulduzli mehmonxona, 6 ta yotoqxona va bir nechta na`munaviy uylar bor ekan.
Shuningdek yangi maktab va bog`cha qurilib foydalanishga topshirilish arafasida turgan ekan. Kichik bozorda esa o`zingiz uchun kerakli bo`lgan narsalarni topishingiz mumkin.
Safarim so`ngida Qo`ng`irot soda zavodiga kirdik. 2006 yilda ochilgan zavod uchun 2 yil oldin o`zining 10 yillik yubileyiga bag`ishlab, zavod haqida 100 ta kitob va 100 ta ko`krak nishonini chiqarilgan ekan. Ma`lumot berilishicha, zavodning 15 yilligiga bundan ham ko`p miqdorda kitob va nishonlar chiqarilishi ko`zda tutilayotgan ekan. Umuman olganda zavodga tashrif haqida keyinroq batafsil to`xtalib o`tamiz.
Borsa kelmasga safarimiz 14 soat davom etdi. 21:00 da yana Nukus shahriga qaytib keldik. Borsa kelmasga borganlar kelmaydi degan afsonalar qanchalik haqiqat ekanini bilmadimu, lekin biz Barsaga borib qaytib keldik. Salomat bo`ling…



















