AsosiySport

Ertaga Toshkent - Chimkent velopoygasi bo`lib o`tadi

'Ertaga Toshkent - Chimkent velopoygasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2018 yil Qozog`istonda "O`zbekiston yili" deb e`lon qilingan.

Shu munosabat bilan, qo`shni mamlakatlar va qardosh xalqlar o`rtasida do`stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama turli marosimlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Sport yo`nalishidagi tadbirlardan biri, ertaga, 24 mart kuni havaskorlar velopoygasi doirasida bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur velopoyga yo`nalishining umumiy uzunligi 130 km ni tashkil etadi.

Velopoyga Qozog`iston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida start olib, Chimkent shahrida yakuniga etadi. Ushbu velopoyga ikki mamlakat o`rtasida turizm va sport sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgani e`tiborga molik.

    Boshqa yangiliklar