AsosiySport

O`zbekiston Yangi Zelandiya bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi

O`zbekiston milliy terma jamoasi 8 sentyabr kuni Toshkentda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. O`FF Terma jamoalar markazi bergan ma`lumotga ko`ra, ikkala tomon bu borada o`zaro kelishuvga erishgan va sentyabr oyida Yangi Zelandiya terma jamoasi Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

O`zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari o`rtasdagi uchrashuv 8 sentyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Olmaliq va Toshkentda Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazgan edi.

Milliy terma jamoa avgust, sentyabr va oktbyar oylarida ham bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazishi haqida avvalroq ma`lumot bergan edik. Jumladan, milliy terma jamoa 20 avgust kuni Boku shahrida Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushsa, Yangi Zelandiya bilan o`yindan oldin, 3 sentyabr kuni Toshkentda Iordaniya terma jamoasi mehmon bo`ladi. Shuningdek, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Oktyabr oyidagi yana ikkita uchrashuv 10 va 14 oktyabr kunlari Bahrayn va BAA terma jamoalariga qarshi o`tkaziladi. Mazkur ikki uchrashuv ham BAAning Dubay shahrida bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar