Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan joriy yilning ikki yarim oyi davomida 870 ma`muriy bayonnomalardan 104 million 342 ming so`mdan ziyod jarima undirildi, deb yozadi O`zA.
Oqoltin IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan 2018 yilning 15 martgacha bo`lgan holatiga 360 qoidabuzarlik qayd etildi. Shundan 162 tasi qo`pol qoida buzilishi bo`lib, avtotransport haydovchilari 10 holatda mashinani mast holatda boshqargan. Spirtli ichimlik iste`mol qilib avtomobilni boshqargan haydovchilarga tuzilgan bayonnomalarning barchasi qonuniy qaror qabul qilish uchun tuman ma`muriy sudiga taqdim etildi.
Shuningdek, tuman yo`l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida 347 avtotransport vositasi texnik ko`rikdan o`tkazilib, ulardan davlat hisobiga 5 million 976 ming so`mdan ziyod mablag` undirildi.
23.03.2018 19:53
Ikki yarim oyda 360 qoidabuzarlik qayd etildi






