Avval xabar berganimizdek, bugun O`zbekiston musulmonlari idorasida marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayoti va ijod yo`liga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.
Tadbirni muftiy Usmonxon Alimov kirish so`zi bilan ochib berdi. Muftiy shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayot yo`li va ilmiy faoliyatiga to`xtalar ekan, mustaqil O`zbekistonning zabardast olimini ustozim, deb atadi.
Tadbir davomida shayx hazratlari asos solgan «Hilol nashr» nashriyotida chop etilgan Qur`oni karimning taqdimot marosimi ham bo`lib o`tdi. Unda Qur`oni karimning adadi va tavsiya etilgan narxi ma`lum qilindi.
O`MI matbuot xizmati xabariga ko`ra, marosim so`nggida so`zga chiqqan muftiy Usmonxon Alimov bundan keyin majlis va anjumanlar rejasini tuzishda albatta namoz vaqtlarini hisobga olamiz, dedi.






