1

Suriyalik fotosuratchi xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

Dunyo 23.03.2018, 22:16
Suriyalik fotosuratchi xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

Hamdan International Photography Award’ning bu yilgi tanlovida curiyalik fotojurnalist Muhammad Algarib g`olib bo`ldi. U boshqa bir fotojurnalist Abdulqodir Xabakaning portlash vaqtida bir bolani qutqarayotganligi aks etgan fotosurati sababli shuhrat qozondi. Bu voqea 2017 yilning aprel oyida G`arbiy Halab shahrida ro`y bergan. O`sha vaqtda jurnalistlar tinch aholini gumanitar “koridor” orqali o`tayotganini suratga olayotgan vaqtda mashinalarning birida portlash sodir bo`lgan.

Mashhur fotosuratda Xabakaning qo`lida jarohat olgan bola aks ettirilgan. Keyinroq fotosuratchi o`sha vaziyat haqida fikr bildirar ekan quyidagilarni aytib o`tdi: “Bolani ko`tarib qochayotganimda atrofimdagi insonlar uni allaqachon vafot etganini aytishdi, lekin men o`sha vaqtda zo`rg`a nafas olayotganini ko`rgandim, shu bois bolakayni ko`targancha yugurgandim”.

Tanlov tashkilotchilari Abdulqodir Xabakani shuningdek, jasorati uchun maxsus sovrin bilan taqdirlashdi, deb yozadi Azon.uz portali.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1