1

Bir kunda 3 mingdan ko`proq kishi Sharqiy Gutani tark etdi

Dunyo 24.03.2018, 08:35
Bir kunda 3 mingdan ko`proq kishi Sharqiy Gutani tark etdi

Muhayyam al-vafodin tumanida tashkil etilgan gumanitar yo`lak orqali 23 mart kuni Sharqiy Gutani 3 mingdan ko`proq tinch aholi vakillari tark etdi. Ria Novostining xabar berishicha, bu haqida Urush xolatidagi tomonlarni murosaga keltirish bo`yicha markaz vakili general mayor Vladimir Zolotuxin jurnalistlarga ma`lum qilgan.

Uning qayd etishicha, ozod qilingan Sakba aholi punkti fuqarolariga insonparvarlik ko`magi etkazildi. Muxayyam al-vafodindagi gumanitar yo`lak hududida 3,5 mingga yaqin tinch aholi vakillari oziq-ovqat bilan ta`minlandi.

Eslatib o`tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi 24 fevral kuni Suriyada kamida 30 kunlik rejimda o`t ochishni to`xtatish haqidagi rezolyusiya loyihasi bo`yicha ovoz bergandi. Lekin xanuzgacha bu hududda otishmalar to`xtaganicha yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1