Eronda yo`lovchi va yuk tashuvchi poezdlar to`qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi.
Halokat Tehrondan sharqda 350 km uzoqlikda Domg`on shahridagi temiryo`l stansiyasida sodir bo`ldi, deya xabar beradi “ITAR-TASS”.
Ma`lumotlarga ko`ra, poezdda 300 nafar yo`lovchi bo`lgan. Hozirda fojea joyida poezdlar harakati to`xtatildi, qo`tqaruv ishlari olib borilmoqda. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda, ammo qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytildi. Halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.





