1

Fransiyada yana bir terror harakati sodir bo`ldi

Dunyo 24.03.2018, 09:53
Fransiyada yana bir terror harakati sodir bo`ldi

Mamlakat janubidagi supermarketda terrorchi garovga olayotgan vaqtda 3 kishi halok bo`lgan.

BFMTV ning xabar berishicha, noma`lum shaxs Super U. supermarketida kishilarni garovga olgan. Shahar meri Treb Erik Menassining so`zlariga ko`ra, halok bo`lganlarning biri do`kon xizmatchisidir. Hodisa Od departamentida sodir bo`ldi. Hududni huquq tartibot idoralari vakillari o`rab olgan.

So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, garovdagilar qochishga muvaffaq bo`lishgan. Bino ichida garovga olgan shaxs va jandarmeriya zobiti qolmoqda. Mamlakat bosh vaziri Eduar Filippning bayonot berishicha, Trebda vaziyat jiddiy. U hodisani terror harakati deb baholadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1