BMTning taraqqiyot dasturi Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko`ngillilarining qo`shma loyihasi, Toshkentdagi Korzinka.uz supermarketlari tarmoqlari bilan hamkorlikda endilikda eko-sumkalar joriy qilinadi, deya xabar beradi www.gazeta.uz sayti.
Ushbu g`oya aholini atrofni plastik paketchalari bilan ifloslantirishga qarshi kurashishga hamda plastik paketchalardan voz kechib, ko`p marotaba foydalanish mumkin bo`lgan eko-sumkalardan foydalanishga qaratilgan.
Aytish lozimki, Korzinka.uz supermarketlari tarmoqlaridan har kuni 60 mingdan ziyod ana shunday eko-sumkalar harid qilinayapti.





