Ozarbayjonning Hazar TV telekanali orqali namoyish etiladigan «Sirdash» mashhur sayyohlik shousining navbatdagi soni Samarqand bo`ylab sayohatga bag`ishlanadi. Ijodiy guruh 19—26 mart kunlari O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi taklifiga binoan Samarqand shahrida bo`ladi, deb xabar berdi qo`mita matbuot xizmati.
Hazar TV telekanali delegasiyasi boshlovchi Raxib Aliyarzade, rejissyor Shaxbaz Rasulov, operator El`nur Abbasov tashriflarining birinchi kunida Samarqandda Navro`z bayrami jarayonlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, tur davomida ular Samarqand an`analari hamda me`moriy va etnografik yodgorliklarini o`rganishadi.
Ozarbayjon televideniesida Samarqandning turizm, madaniyat, an`analari va me`moriy yodgorliklarining yangi imkoniyatlariga doir hikoyalar o`z navbatida mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar sonining oshishiga sabab bo`ladi. Ijodiy guruhning suratga olish ishlari bayram sayllari, milliy taomlar festivallari, bellashuvlarga boy umumxalq Navro`z bayramiga to`g`ri kelgani ko`rsatuvning navbatdagi sonini yanada qiziqarli qiladi.

Ma`lumot uchun, «Sirdash» ko`rsatuvi Ozarboyjonning «Hazar TV» telekanali orqali har hafta efirga uzatib boriladi. Bu vaqt ichida ko`rsatuv ijodiy guruhi ko`plab mamlakatlarda bo`lib qaytishgan.






