Dushanba va seshanba kunlari O`zbekiston hududiga Volga bo`yidan Kaspiy dengizi orqali sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati "O`zgidromet" ma`lumotlariga asoslanib.
26 mart kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston, Xorazm, Surxandaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi.
27 mart kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchiliklar kutilmaydi.
Seshanba kuni O`zbekiston bo`ylab havo harorati pasayadi, kechasi +5…+10, shimolda +2…+7, joylarda 0…–2 daraja, kunduzi +15…+20 darajaga etadi.
Tog`oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi bor.






