AsosiyJamiyat

“Buxoro” aeroporti MDH davlatlari orasida eng yaxshisi deb tan olindi

“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviokompaniyasining “Buxoro” aeroporti MDH davlatlari aeroportlari orasida tez suratlarda rivojlanayotgan aeroport sifatida tan olindi. Ushbu aeroport har yili yuzdan besh minggacha yo`lovchilarga xizmat qiladi. Fuqaro aviasiyasi “Aeroport” Assosiasiyasining turli nominasiyalarida g`oliblikni qo`lga kiritgan aeroportlarni navbatdagi taqdirlash marosimi Moskva shahrida bo`lib o`tdi va ushbu tadbirda “Buxoro” aeroportiga diplom topshirildi.

“Buxoro” aeroporti bu konkursda oltinchi marotaba qatnashayapti. U bir necha bor turli nominasiyalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan.

Diplom bilan birga Sankt-Peterburgning “Russkiy Registr” setifikatlash organi tomonidan “Buxoro” xalqaro aeroporti sifatli menejment dasturi talablariga javob berishi haqidagi sertifikatni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston havo yo`llari rasmiy sayti xabar beradi.
 

    Boshqa yangiliklar