AsosiyJamiyat

Yoshlar etakchilariga va «Kamalak» bolalar tashkilotiga Prezident sovg`alari — Spark va Damas’lar topshirildi (foto)

'Yoshlar etakchilariga va «Kamalak» bolalar tashkilotiga Prezident sovg`alari — Spark va Damas’lar topshirildi (foto)'ning rasmi

Navro`z bayrami shodiyonalari munosabati bilan O`zbekiston Yoshlar ittifoqining Farg`ona viloyati tuman, shahar Kengashi raislariga Spark va Damas avtomashinalarining kalitlari topshirildi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboevning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Prezident sovg`alarini viloyat hokimi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi tantanali ravishda topshirdi.

— Bayram biz uchun ikki hissa quvonchli bo`ldi. Yurtboshimiz tomonidan taqdim etilgan Spark avtomashinasi maqsadimiz yo`lida xizmat qilib, olis manzillarimizni yaqin qiladi. Endi har qanday olisda yashayotgan yoshlarimizning ham manfaatini himoya qilishda qiyinchilikka duch kelmaymiz. Har bir berilgan imkoniyatdan biz, Yoshlar etakchilari minnatdormiz, — deydi Quvasoy tuman Kengashi raisi Bekzod Fozilov.


Shuningdek, tadbir davomida «Kamalak» bolalar tashkilotiga ham Damas avtomashinasi taqdim etildi.

Ta`kidlanishicha, ushbu rag`bat yoshlar etakchilariga imtiyozli kredit asosida shaxsiy mulk sifatida berilgan.

    Boshqa yangiliklar