1

Kemerovodagi savdo markazida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 48 kishi hayotdan ko`z yumdi (video)

Dunyo 26.03.2018, 11:36
Kemerovodagi savdo markazida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 48 kishi hayotdan ko`z yumdi (video)

Yakshanba kuni Kemerovo shahridagi 4 qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong`in sodir bo`ldi. Yong`in maydoni 500 metrni tashkil qilgan. Yong`in oqibatida 48 kishi hayotdan ko`z yumdi.

69 kishi bedarak yo`qolgan, ulardan 41 nafari bolalardir. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, olov bir nechta kinozal va attraksionli o`yin maydonlari joylashgan eng yuqori qavatda kelib chiqqan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, binoda attraksionlardan biri yonib ketishi tufayli fojia ro`y bergan.

Natijada “tilsiz yov” 1600 kvadrat metr maydonni egallab olgan, uchinchi hamda to`rtinchi qavat o`rtasidagi tom va shift qulab tushgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilib, Rossiya Tergov qo`mitasining markaziy apparatiga yuborildi. Voqea joyiga Moskvadan tergov guruhi yuborildi.

Kemerovoda favqulodda vaziyat e`lon qilingan. Qidiruv-qutqaruv va yong`inni o`chirish ishlariga 660dan ortiq kishi va 124 ta texnika vositasi jalb etildi. Viloyatga Moskva va boshqa hududlardan ham qutqaruvchilar etib kelgan.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1