AsosiyJamiyat

Harbiy qism komandirlariga «Neksiya» avtomobillari berildi

'Harbiy qism komandirlariga «Neksiya» avtomobillari berildi'ning rasmi

Chirchiq garnizoni ofiserlar uyida Toshkent harbiy okrugi qo`mondonligining o`quv yili yakuniga bag`ishlangan yig`ilishda okrug qo`shinlari qo`mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomidan harbiy qism komandirlariga «Neksiya» rusumli xizmat avtomobillarini tantanali tarzda topshirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda O`zbekiston prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy xizmatchilarning ma`naviy-ruhiy holati, jangovar tayyorgarligini yanada oshirish borasidagi chora-tadbirlar va uning natijalari muhokama qilindi.

O`quv yili yakuniga ko`ra, bir guruh ilg`or harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar