Namanganda bo`lib o`tayotgan yoshlar haftaligi doirasida Yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari Ra`no Shodieva yana bir murg`ak qalb sohibasi — Munisaxon bilan do`st bo`lib oldi. Bu haqda YoI Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboev Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.
Munisa Yusufjonova yakka tartibda tahsil olsa-da, ta`lim olish borasida tengdoshlaridan aslo ortda qolayotgani yo`q.
U hozirda Namangan shahridagi 77-sonli maktabning 6-sinf o`quvchisi. Yagona orzusi — o`rtoqlari kabi chopqillab yurish. Shu bois, xonadonga tashrif buyurgan mehmonlar Munisaning davolanishi borasida jiddiy bosh qotirishdi.
Munisa tez kunlarda davolanish uchun shifoxonaga jo`natiladigan bo`ldi. Shuningdek, unga zamonaviy nogironlar aravachasi ham taqdim etiladi.







