AsosiyJamiyat

Prezidentning yangi qarori: 2018 — 2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekiladi

'Prezidentning yangi qarori: 2018 — 2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekiladi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kavrak plantasiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta tashkil ishlash hajmlarini ko`paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi (PQ-3617, 20.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjatga ko`ra, Kavrak etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi. Uyushma kavrak plantasiyasini tashkil etuvchilarga plantasiya tashkil etish va xom ashyo etishtirish yuzasidan metodik yordam ko`rsatish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug`ullanadi.

Shuningdek, qaror bilan kavrak plantasiyalarini tashkil etish parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 2018 — 2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekilib, undan 2 550 tonna hosil olinishi rejalashtirilgan.

Bu haqda adliya vazirlining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma`lum qilindi.

Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlariga ikki oy muddatda kavrak o`sadigan hududlarni xatlovdan o`tkazish va aniqlangan zahira er maydonlarini doimiy foydalanish uchun uyushma a`zolariga ajratilishini ta`minlash vazifasi yuklandi.

    Boshqa yangiliklar