Xalq tabobatida jag`-jag` qon to`xtatish xususiyati bilan mashhur. Ayniqsa, burun qonaganida jag`-jag` damlamasi asqotadi.
Shuningdek, damlama qon bosimini tushirish, siydik yo`li kasalliklari va ich ketganida ham foyda beradi.
Uni tayyorlash uchun 2-3 qoshiq maydalangan ko`kat ustiga 200 ml. qaynoq suv quyiladi. 1 soat mobaynida tindiriladi. Kuniga 3-4 marta 30-40 ml.dan ichiladi.
Jigarni tozalashda esa ushbu ko`kat qo`shilgan somsa va chuchvara tanovul qilish lozim. Qarshi ko`rsatmalarga ega emas.