AsosiySport

Superliga. AGMK – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamlari ma`lum

'Superliga. AGMK – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamlari ma`lum'ning rasmi

Superliganing 4-tur doirasidagi AGMK – “Lokomotiv” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv “Lokomotiv” jamoasidan bir necha futbolchilarning milliy terma jamoa tarkibida Afrikada o`tadigan xalqaro o`rtoqlik uchrashuviga jalb etilganligi munosabati bilan boshqa muddatga qoldirilgan edi.

Mazkur o`yinning shu tur doirasida 31 mart kuniga belgilanganidan ham xabaringiz bor. Ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi tasdiqlandi. O`yinni toshkentlik Akobirxo`ja Shukrullaev boshchiligidagi hakamlar boshqaradigan bo`lishdi.

AGMK – “Lokomotiv”

31 mart. Olmaliq shahri. Soat 18:00.

Hakamlar: A.Shukrullaev (Toshkent), S.Hakimov (Samarqand), Sh.Qamarov (Samarqand), G`.Jo`raev (Namangan).

Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).

Komissar – L.Qo`chqorov (Toshkent).

Shuningdek, mazkur turning 30 mart kuni bo`lib o`tishi belgilangan “Nasaf” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvining qanot hakamlari ham o`zgargan. Oldindan tayinlangan T.Gaynullin va A.Sapenko 27 mart kuni Osiyo Kubogi-2019 saralash musobaqasining Livan va Malayziya terma jamoalari uchrashuvida xizmat qilishlari bois, ichki chempionat o`yinlaridan ozod etilishdi. Ularning o`rniga “Nasaf” – “Metallurg” uchrashuviga qanot hakamlari sifatida namanganlik M.Majidov va R.Fozilov tayinlandi.

“Nasaf” – “Metallurg”

30 mart. Qarshi shahri. Soat 20.00.

Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), M.Majidov (Namangan), R.Fozilov (Namangan), D.Klepikov (Toshkent).

Nazoratchi – R.Serazitdinov (Toshkent).

Komissar – S.Qudratullaev (Toshkent).

    Boshqa yangiliklar