1

Sodiq Safoev: Toshkent konferensiyasi ovozini butun dunyo eshitadi

Siyosat 26.03.2018, 16:37
Sodiq Safoev: Toshkent konferensiyasi ovozini butun dunyo eshitadi

Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida tashkil etilgan anjumanda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi, deb yozadi O`zA.

- Afg`oniston – turli mintaqalar tutashgan muhim nuqtada joylashgan, - dedi S.Safoev. - Bu mamlakat Evropa va Osiyo, jumladan Markaziyo Osiyo o`zaro faol munosabatlar o`rnatadigan muhim ko`prik vazifani bajarishi mumkin. Ammo bu zaminda davom etib kelayotgan notinchlik bunga imkon bermayotir. Aksincha, bu mamlakat faqat notinch emas, balki xalqaro terrorizmni moliyalashtirayotgan narkotik moddalar etishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi hudud bo`lib qolmoqda. Nafaqat narkotik moddalar savdosidan, balki xalqaro terrorizm davom etishidan manfaatdor kuchlar aynan shu jabhani moliyalashtirib kelayotgani sir emas.

Toshkent konferensiyasida bu muammoga, albatta, e`tibor qaratiladi. Muammoning nafaqat sabablari, balki uni bartaraf etish choralari bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilanadi. O`zbekiston narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo`yish bo`yicha Afg`oniston bilan hamkorlik qilishga doim tayyor. Chunki bu global miqyos kasb etgan muammoni afg`on xalqi o`zi yolg`iz hal etishi qiyin. Narkotik moddalar etishtirilishiga barham berilishi esa xalqaro terrorizm ildizlariga ham putur etkazadi.

Ayni paytda esa bu mamlakatda saqlanib turgan xavfli holat nafaqat afg`on xalqini, balki unga qo`shni xalqalarni ham xavotirga qo`ymoqda.

Toshkent konferensiyasida Afg`onistondagi baqarorlikka sabab bo`layotgan mana shunday muammolar ko`tariladi va bunga jahon jamoatchiligi e`tibori qaratiladi. Ishonchim komilki, xayrli maqsadga xizmat qiluvchi Toshkent konferensiyasi ovozini butun dunyo eshitadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1