Aprel oyida Ginnes rekordlar kitobiga eng keksa erkak kishi sifatida kiritilgan Aleksandr Imich 112 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda AQShning NBC telekompaniyasi xabar berdi.
1903 yilning 4 fevralida Polshada dunyoga kelgan Imich kimyogar bo`lgan va psixologiya haqida bir necha kitoblar yozgan. 1939 yilda nasistlar hujumidan so`ng u qisqa muddat sobiq ittifotda bo`lib, 1951 yil AQShga uchib ketgan.
Aytish kerakki, Imich sayyoramizdagi eng keksa kishi emas. Hozirgi kunda bir necha yosh katta bo`lgan keksa ayollar ham bor. Eng keksa ayol esa yaponiyalik Misao Okava mart oyida o`zining 116 yoshini qarshi oldi.
Imichning vafotidan so`ng dunyodagi eng keksa erkak kishi 111 yoshli yaponiyalik Sakari Momoi bo`ldi. U ham 1903 yilda dunyoga kelgan.