AsosiyJamiyat

Umid Ahmadjonov BAA futbol assosiasiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

'Umid Ahmadjonov BAA futbol assosiasiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi raisi va O`zbekiston futbol assosiasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Umid Ahmadjonov Dubay shahrida BAA futbol assosiasiyasi Bosh kotibi Muhammad Hazzam Al-Daheriy bilan uchrashdi deya xabar bermoqda O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi.

Uchrashuv davomida 2019 yil BAAda bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogi musobaqasining tashkiliy masalalari muhokama qilindi hamda ushbu musobaqaga O`zbekistondan volontyorlar – ko`ngillilarni yuborib, bunday yirik musobaqalarni tashkil etish va o`tkazish tajribasini o`rganish masalasi ko`rib chiqildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston va BAA futbol assosiasiyalari o`rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki mamlakat terma jamoalari o`rtasida o`zaro o`rtoqlik o`yinlari tashkil etish, almashuv asosida hakamlarni Kubok finallari va o`rtoqlik o`yinlariga jalb qilish bo`yicha ham suhbat olib borildi.

    Boshqa yangiliklar