76 yoshli Ispaniya qiroli taxtni o`z o`g`liga bo`shatib berishga qaror qildi, deya yozadi The Telegraph.
Nashrning xabar qilishicha, monarx bu haqda Ispaniya qirolligi saroyi boshqaruvchisi Rafael Spottornoga ma`lum qilgan.
“Mening o`g`lim shahzoda Charlz kabi taxtga vorislikni kutib qolishini istamayman”, - dedi Ispaniya qiroli.
Elizaveta II dan so`ng Buyuk Britaniya taxtga o`tirish kerak bo`lgan 65 yoshli shahzoda Charlz , britaniya tarixidagi eng keksa vorisdir.
2 iyun kuni Ispaniya qiroli Xuan Karlos o`g`li Filipe foydasi uchun taxtdan voz kechishini ma`lum qildi. 18 iyun kuni Ispaniya parlamenti shahzodaga vakolatni topshirish to`g`risidagi qonunni ko`rib chiqishi kutilmoqda. Bir kun o`tib esa Filipe VI taxtga o`tirishi mumkin.





