Keniya Olimpiya termasini qabul qildi. Unda 1:0 hisobi qayd etildi va O`zbekiston yoshlarining g`alabasi bilan yakunlandi.
O`tgan haftada bu jamoalar o`rtasida birinchi o`yin bo`lib o`tgandi va unda afrikaliklar bizni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishgandi. Bu safar termamiz yaxshiroq o`ynadi va buni natija ham ko`rsatib berdi.
17000 mingdan ziyod muxlislar qarshisida to`p surgan futbolchilarimiz yomon taassurot qoldirishmadi. Shunaqa o`yinlar juda kerak ekanligini ko`rdik va ular davomiy bo`lishiga umid qilib qolamiz.
Chunki, ajab emas mazkur termamiz kelajakda milliy terma jamoamizga asos bo`lib xizmat qilsa.
Murabbiylar shtabiga bo`lsa, o`ylash va xulosa qilish uchun bu ikki o`yin etarli hisoblanadi.
O`rtoqlik urashuvi
O`zbekiston OTJ – Keniya OTJ 1:0
Gol: Tursunov (90+7)
O`zbekiston OTJ: Rahim Davronov, Doston Tursunov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abbos Otaxonov, Azizg`on G`aniev, Abdujamol Isroilov, Aziz Turg`unboev, Nurillo To`xtasinov, Bobur Abduxoliqov, Zabihillo O`rinboev (Islom Kenjaboev 46).
Keniya OTJ: Ojvang Timoti, Mayk Evans Kibvage, Omvenga Timti Balton, Okumu Yozef Stenli, Amai Atariza, Yida Sven, Ibrohim Shambi Ramazoni, Odnenyi Jafari Ovitti, Kasuti Kliff Koroboi, Oginga Berard Ochieng, Mutamba Pistone Vunyoli.
Ogohlantirishlar: Sven (20), Timoti (32).






