1

Toshkentda “Open Spring – Moviybahor” musiqiy bayrami bo`lib o`tadi

Madaniyat 27.03.2018, 09:59
Toshkentda “Open Spring – Moviybahor” musiqiy bayrami bo`lib o`tadi

OpenAir va OpenMusic tashkilotchilari bo`lgan SOTHIS AEGIS va "UzCongress" kompaniyalari “OpenSpring – Moviybahor” yangi loyihasini taqdim etadi, unda tinglovchilar musiqiy muhitda, uyg`unlik va yorqin tuyg`ularda unutilmas daqiqalarni o`tkazadilar.

"Musiqani sevuvchilar va mutafakkirlar tug`ilmaydi, balki... Musiqani sevish uchun avvalo uni tinglashimiz kerak", - deydi buyuk bastakor Dmitriy Shostakovich. Ha, u haq. Axir, musiqa oddiy bir hodisadir, u professionallar ijrosidagina mo``jizaga aylanadi.

Loyiha tashkilotchilarining asosiy maqsadi klassik musiqani sevuvchi muxlislar uchun o`ziga jalb etiladigan markazga aylanish, tinglovchilar doirasini sezilarli darajada kengaytirish, simfonik asarlarga nisbatan muhabbat uyg`otish va ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, O`zbekistonning etakchi musiqa guruhlari va ijrochilarini tanitish, jahonga mashhur asarlarni ommalashtirishdan iboratdir.

“OpenSpring – Moviybahor” yosh iqtidorli solistlar guruhini to`plab, tomoshabinlarni klassik va mashhur musiqaning eng yaxshi namunalari, unutilmas taassurotlari va bahor kayfiyatlari bilan tanishtirib, yorqin, esda qolarli daqiqalarni tuhfa etadi.

Axir bahor fasli ilhomni, qiziqarli hodisalar va taassurotlarni uyg`otadigan vaqt. U atrofdagi hamma narsani o`zining hayotiy rangi bilan gullab-yashnatadi, insonni yashashga ilhomlantiradi.

Bundan tashqari, havoda taralgan bahoriy iforni butunligicha his qilib, barcha g`am-qayg`ularni unutgan holda Antonio Vivaldining “Yil fasllari” sikliga tegishli bo`lgan “Bahor” musiqasini tinglash istagi tug`iladi. Mazkur asar chizilgan haqiqiy san`at asarini eslatadi, orkestr daryo shovullashini, qushlarning sayrashini, momaqaldiroqning gumburlashini, yaproqlarning shivirlashini va boshqa ajoyib tabiat hodisalarini ishonchli tarzda etkazib beradi.

A.Vivaldining “Bahor” musiqasi “OpenSpring – Moviybahor” dasturini ochib beradi. "Ishdagi ishq”, “Chinor ostidagi duel", "Mahallada duv-duv gap" kabi filmlarga bastalangan muhabbat musiqalari dasturni davom ettiradi. Mashhur NinoRotoning “Cho`qintirgan ota”, Karlos Gardelning “Ayol ifori” filmlaridan ham musiqalar yangraydi.

Bundan tashqari, o`zbek san`atkorlari tomonidan Frank Sinatraning "Myway" qo`shig`i, D.Warrenning , "I don'twanttomiss a thing" mashhur xiti, Eduard Artemevning “"Polet na deltaplane”, Uitni Xyustonning mashhur ashulalari, "ModernTalking", AVVA guruhlarining kompozisiyalari ijro etiladi. Konsertning ikkinchi qismi Sharq musiqalariga bag`ishlangan. Unda mashhur milliy qo`shiqlar va musiqalar yangraydi.

Butun oqshom davomida tomoshabinlarni bu yil 80 yoshga to`lgan O`zbekiston Milliy simfonik orkestri xushnud qiladi. Taniqli xonanda va musiqachilar O`ktam Hakimov, Hurshid Inog`amov, Shuhrat Zokirov, O`zbekiston xalq artisti Munojat Yo`lchieva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Jenisbek Piyazov, Obid Acomov, Toir Qo`zievlar, "Zamin" guruhi, kichik dirijyor – Asadbek Ayubjonov, Rossiya Birinchi kanali “Golos deti” teleloyihasining beshinchi mavsum ishtirokchisi Sabina Mustaeva, Kamila Ostonaqulova, “Tango-magiya” raqs maktabining raqs dueti — Karina Kagramonova va Rastislav Vavilovlar ishtirok etishadi. Dirijyorlik pultini Xalqaro tanlovlar laureati Alibek Kabdurahmanov boshqaradi.

Ammo tomoshabinlar bilan bo`ladigan suhbat ancha oldinroq, qizil gilamda, zal foyesi olib boradigan maydonda boshlanadi, u erda fotosessiya qilish va muxbirlarga intervyu berish mumkin bo`ladi. Tomoshabinlarni foyeda juda ko`p kutilmagan hodisalar kutmoqda. Bu er gullar bilan bezatilgan bo`lib, insonga bahoriy kayfiyat bag`ishlaydi.

Muxbirlar bergan savollarga to`g`ri javob bergan odamga mukofotlar topshiriladi. Bu erda tomoshabinlar turli xil musiqa asboblari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lib, hatto ularni chalib ko`rishlari ham mumkin bo`ladi. Qo`llarida skripka, gitara, fleyta yoki boshqa musiqa asbobi bo`lgan "jonli haykallar" shaklidagi musiqachilarni ham uchratasiz.

Devorlarga esa – mazkur musiqa asboblarining ona vatani aksi tushirilgan pannolar o`rnatiladi. Siz o`zingizning haqiqiy orkestr dirijyori rolida sinab ko`rishingiz mumkin, shundan keyin maxsus monitorda dirijyor tayoqchasining siltanishi ko`rsatilgan yozuv paydo bo`ladi.

Bu vaqt mobaynida mimlar tomosha ko`rsatadi. Foeda konsertdan so`ng orkestr a`zolari bilan uchrashuvlar o`tkazish, suratga, videoga olish mumkin bo`ladi, intervyular davom etadi. Bundan tashqari, siz bu erdan bahoriy guldastalarni xarid qilishingiz va smartfoningizga klassik musiqani yuklab olishingiz mumkin bo`ladi.

Musiqa tinglang va o`z ijodiy asaringizgi yarating, suratlar chizing. Mazkur suratda hayotda mavjud bo`lgan voqea-hodisalarni, gullarni, yaproqlarni yoki boshqa biror narsani tasvirlarsiz, asosiysi bu emas, eng muhimi — qalbga ega bo`lishdir!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1