Kemerovada bo`lib o`tgan yong`in oqibatida vafot etganlar xotirasi yod etilib Rossiya va Fransiya terma jamoalari o`yini bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Rossiya terma jamoasi futbolchilari o`yinga qora bog`ich bilan chiqishadi. Ayni damga kelib yong`inda vafot etganlar soni 64 nafarni tashkil qilmoqda, 16 ta odam bedarak yo`qolgan.
O`z navbatida Fransiya termasi bosh murabbiyi Dide Desham ham o`z futbolchilarini bog`ich bilan chiqishini aytib o`tdi.
«Biz Kemerovada bo`lgan mudhish voqeadan televideniya orqali xabar topdik. Rossiya futbolchilari qora bog`ichda chiqishadi? Biz ham huddi shunday qilamiz. Fransiya terma jamoasi bu kabi voqealardan keyin o`zini shunday tutadi», - deb ma`lumot berdi Desham.
Rossiya – Fransiya o`rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni Sankt-Peterburgdagi «Krestovskiy» stadionida bo`lib o`tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:50 da start oladi.






