Elyor Abduxoshimovich Toshpulatov Hukumat qaroriga muvofiq Kartoshka etishtiruvchilar uyushmasining raisi etib tasdiqlandi.
Bu xaqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram-kanalida ma`lum qilindi.
Eslatib o`tamiz, Kartoshka etishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug`chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo`lgan kartoshka ko`chatlarini etishtirishni tashkil etish hisoblanadi.
Shuningdek, tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib Qo`rg`ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo`rg`on, Bulung`ur, Zomin, Baxmal, Bo`stonliq tumanlari urug`likka mo`ljallangan kartoshkani etishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilangan edi.






