AQShning Texas shtatida ota-ona 16 yoshli qizini aytgan erkakka turmushga chiqishni istamagani uchun qiynoqqa solgan, deb yozadi Forum Daily.
Maarib Al-Xishmaviy 30 yanvar kuni bedarak yo`qolib qolgan. Oxirgi marta uni Taft o`rta maktabida ko`rishgan.
Shuncha vaqt mobaynida qiz ota-onasidan yashirinib, unga g`amxo`rlik ko`rsatayotgan tashkilotda poshpana topgan.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, qizning ota-onasi — 34 yoshli Abdulax Faxmi Al-Xishmavi i 33 yoshli Xamdiya Saxa-al-Xishmaviboshqa shaharda yashaydigan erkakka turmushga chiqishga rozi bo`lmagani uchun uni supurgi bilan urib, qizib turgan yog` bilan qiynashgan. Ota-ona majburiy nikoh evaziga 20 ming dollar evaziga kelishib olgan.

O`smir qiz va uning 5—15 yoshdagi besh uka-singillarini bolalarni himoya qilish markaziga joylashtirishdi.
Ularning ota-onasi oila a`zolariga nisbatan doimiy ravishda zo`ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Ayni paytda ular hibsda saqlanmoqda.






