Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoda ro`y bergan fojia tufayli mamlakatda 28 mart kuni milliy motam e`lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar beryapti.
Farmonda motam kuni madaniyat muassasalari, teleradiokompaniyalar ko`ngilochar tadbir va ko`rsatuvlarni bekor qilishi qayd etildi.
Eslatib o`tamiz, Kemerovodagi “Qishki olcha” to`rt qavatli savdo markazida yong`in yakshanba kuni ro`y berdi. 64 kishi halok bo`ldi.
RF hukumati qaroriga ko`ra Kemerovo viloyati hokimligi haloq bo`lganlarning oilalariga 1 mln rubl miqdorida moddiy yordam ajratadi.






