1

27 mart – Xalqaro teatr kuniga bag`ishlangan ma`rifiy tadbir o`tkazildi

Madaniyat 27.03.2018, 20:52
27 mart – Xalqaro teatr kuniga bag`ishlangan ma`rifiy tadbir o`tkazildi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatrida 27 mart – Xalqaro teatr kuniga bag`ishlangan ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirga yurtimizdagi teatr jamoalari xodimlari, ustoz san`atkorlar, san`at yo`nalishidagi oliy ta`lim dargohlarining professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlar taklif qilindi.

O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullaev va boshqalar mamlakatimizda milliy teatr san`atimiz ravnaqi yo`lida ko`rsatilayotgan ulkan e`tibor san`at ahli, jumladan, teatr fidoyilari faoliyatida, ijodida, hayotida o`zining yaqqol ifodasini topayotganini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvida san`atning barcha yo`nalishlari kabi milliy teatrimiz rivoji yo`lidagi yangidan-yangi vazifalar belgilab berildi. Ularga asosan mamlakatimiz teatr jamoalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Etakchi ijodiy tashkilotlarning “Do`stlar klublari” tashkil etilib, ijodiy jamoalarga yirik korxona, bank va kompaniyalar homiy sifatida biriktirildi.

Yoshlarni yuksak ma`naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib voyaga etkazishda teatr san`atining o`rni va ahamiyati beqiyos ekanini hisobga olib, dolzarb va umuminsoniy ezgu g`oyalar aks ettirilgan sahna asarlari yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda teatr sohasiga ko`rsatilayotgan g`amxo`rlik xalqaro hamkorlikning tobora kengayishida, ijodiy muloqotlar qamrovining yanada keng quloch yoyishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatri ko`plab xorijiy teatr jamoalari, chet ellik ijodkorlar bilan birgalikda sahna asarlari, musiqiy dasturlar, ijodiy loyihalarni tayyorlab, tomoshabinlarga taqdim etmoqda. O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi o`zining "Masxaraboz shou" dasturini shu kunlarda Londonda muvaffaqiyat bilan namoyish etmoqda. O`zbek Milliy akademik drama teatri jamoasining Qozog`istonga ijodiy safari ko`zda tutilmoqda.

Tadbirda teatr fidoyilari bilan birga sahna ortida mehnat qilib, spektakllarning yanada puxta va tomoshabop bo`lishiga hissa qo`shayotgan ishchi-xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg`alari topshirildi.

Yurtimiz teatr jamoalarining bayramga bag`ishlangan dasturlari, san`at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokidagi konsert namoyish etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1