Xitoyning Xebey provinsiyasi Shiszyachjuan nag`rida hayvonot bog`i xodimi toshomabinlar ko`z o`ngida kamyob Manchjuriya turnasini kaltakladi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, turna hayvonot bog`i nazoratchisining ko`zini cho`qib olgan. Jahl otiga mingan nazoratchi qo`liga kaltak olib, qushni savalay ketgan. Turna har bir zarbadan qichqirgan. Kaltaklangan qush qonga belangan va bir qanoti singan.
Veterinarlarning yordamiga qaramay, turna butunlay oyoqqa turib ketishi dargumon.
Hayvonot bog`i nazoratchisi esa rasmiy ogohlantirish olib, 3 oyga ish faoliyatidan chetlashtirildi.







