AsosiyDunyo

Kemerovodagi yong`inda jabrlangan soni 76 nafarga etdi

'Kemerovodagi yong`inda jabrlangan soni 76 nafarga etdi'ning rasmi

Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir bo`lgan yong`indan keyin yana 8 nafar jabrlangan odam kasalxonaga murojaat qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Shunday qilib, yong`inda jabrlanganlar soni 76 nafarga etdi, ularning 27 nafari bolalardir. 14 kishi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 62 nafar jabrlangan odamlarga ambulator tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Rossiya federasiyasi FVV ning Kemerovo viloyati bosh boshqarmasi boshlig`i Aleksandr Mamontovning ma`lumot berishicha, 27 nafar jasadning shaxsi aniqlangan, 4 nafar jasad qo`shimcha tekshiruvlar o`tkazish uchun Rossiya tergov qo`mitasiga yuborilgan.

Eslatib o`tamiz, 25 mart kuni Kemerovo viloyatining “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir bo`lgan yong`in tufayli 64 kishi, shu jumladan 41 nafar bola halok bo`lgan. Tergovning taxminiga ko`ra, yong`in chiqishiga elektr simlardagi nosozlik sabab bo`lgan. Besh kishiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar