AsosiyDunyo

Turkman ayollariga ishga chiroyli bo`lib kelish taqiqlandi

'Turkman ayollariga ishga chiroyli bo`lib kelish taqiqlandi'ning rasmi

Turkmaniston respublikasining poytaxti Ashxobod shahrida davlat tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga odamni o`ziga jalb qiluvchi tilla taqinchoqlar taqish, tirnog`iga lak qo`yish taqiqlandi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Davlat byudjeti tashkilotlarida ishlovchi turkman ayollariga tirnoq va kiprik o`stirish, shu bilan birga sochni sariq rangga bo`yash taqiqlandi. Bu kosmetik jarayonlar shaharlik ayollar o`rtasida juda mashhurdir.

Nashrning xabar berishicha, endidan boshlab, shahar meriyasi xodimalari sartaroshxona va go`zallik salonlarini tekshiruvdan o`tkazishadi.

    Boshqa yangiliklar