Qadim tilsimlarni ochuvchi noyob qo`lyozma topildi

Moziydan sado 28.03.2018, 11:51
Qadim tilsimlarni ochuvchi noyob qo`lyozma topildi

Ushbu noyob bitiklar arabistonlik, 7-asr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini mintaqamizga targ`ib qilish bilan shug`ullanishgan aka-uka avliyolar – Xo`ja Abdulloh Ansoriy va Xo`ja Ibodulloh Alamdoriy hayoti haqida ma`lumot berishi mumkin.

Pop tumanidagi “Pillakash” mahallasida joylashgan, mahalliy aholi tilida Langar ota qabristoni, deya yuritiladigan aka-uka avliyolar qabri 714 yilga oid. Bugungacha ushbu ziyoradgohning ilmiy, ma`naviy va arxeologik qiymati to`liq aniqlanmagan.

Ushbu noyob qadim qo`lyozmalar maqbara yaqinida yashovchi Botirjon Nurmatovning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanib kelingan, deb yozadi O`zA. Botir akaning aytishicha, Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qo`lyozmalar unga ota-bobolaridan o`tib kelayotgan ekan.

Qo'lyozma 01.jpg “Bir necha bor bu qo`lyozmalarni olib ketishmoqchi bo`lishdi. Lekin ularga ishonqiramaganim bois bermadim. Bu qo`lyozmalar qadim tilsimni ochuvchi noyob manba bo`lishi mumkin”, deydi Botir aka.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1