AsosiyDunyo

Mast yo`lovchi samolyot bortida janjal ko`tardi

'Mast yo`lovchi samolyot bortida janjal ko`tardi 'ning rasmi

Ekaterinburgdan Antaliya tomon parvoz qilayotgan samolyot bortida mast erkak to`polon ko`tardi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Samolyot qo`nishidan sal ilgari u yonida o`tirgan ayol va bolalarni haqorat qilgan, bu kamlik qilgandek, uni tinchlantirmoqchi bo`lgan bort kuzatuvchisiga qo`l ko`targan. Bezori yo`lovchi samolyot bortidagi yo`lovchilar yordamida huquq-tartibot idorasi xodimlariga topshirildi.

“U parvoz davomida aroq ichib keldi. Aroq tugagach, yonida o`tirgan ayollar va bolalarni haqorat qila boshladi. Samolyot qo`nishiga 20 daqiqa qolganda, hamma joyida qimirlamay o`tirishi kerak bo`lgan vaqtda, yo`lovchilar o`rnidan turib, mast erkakdan qochishga majbur bo`lishdi”, deb hikoya qildi yo`lovchilardan biri bo`lgan Valentina ismli ayol.

Ayolning ma`lum qilishicha, erkak samolyotni portlatishini aytib tahdid qilgan, tinchlantirmoqchi bo`lgan odamlarga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar