Ichki ishlar xodimi fuqaroga qanday murojaat etishi «Ichki ishlar organlari to`g`risida»gi qonunning 8-moddasida belgilib berilgan. Bu haqda Adliya vazirligi eslatib o`tdi.
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida:
O`z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi;
Fuqaroning talabiga ko`ra xizmat guvohnomasini ko`rsatishi;
Murojaat qilishining sababi va maqsadini ma`lum qilishi;
Fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo`llanilgan taqdirda, bunday choralar qo`llanilishining sababi hamda asoslari, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquq va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi o`ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o`z lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o`z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko`rishi yoxud qo`yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.






