AsosiyJamiyat

Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashkil etiladi

'Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga ko`ra, “Oila” markaziga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

oila institutini mustahkamlash bo`yicha, eng avvalo, “Sog`lom oila — sog`lom jamiyat” konseptual g`oyasini hayotga tatbiq etishga yo`naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish;

oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o`rganishni tashkil etish;

zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an`anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo`yicha fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlarni o`tkazish;

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib:

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o`rgatish, ajrashishlarning oldini olishni;

oiladagi ma`naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;

sog`lom oila qurish, sog`lom farzandni dunyoga keltirish, sog`lom turmush tarzini yuritish asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ`ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlarini, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlari o`tkazadi;

“Oila” markazi markaziy apparatining xodimlari markaz Direktori tomonidan, “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo`limlari rahbarlari “Oila” markazi direktori bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar