AsosiyJamiyat

“Toza ichimlik suvi” jamg`armasi suv ta`minoti tizimini tubdan yangilashni boshladi

'“Toza ichimlik suvi” jamg`armasi suv ta`minoti tizimini tubdan yangilashni boshladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Toza ichimlik suvi» jamg`armasi hisobidan ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash loyihalari 2018 yilda amalga oshirilishi to`g`risida ma`lumot berdi, deb yozadi O`zA.

Respublika bo`yicha ichimlik suvi ta`minoti va kanalizasiya ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun Moliya vazirligi huzuridagi «Toza ichimlik suvi» jamg`armasi uchun 584,7 milliard so`m limit mablag`lari ajratilgan bo`lib, ushbu mablag`lar 2017 yilga nisbatan 2 marta ko`pdir.

Moliya vazirligi huzuridagi «Toza ichimlik suvi» jamg`armasida ko`zda tutilgan limit mablag`lari quyidagi yo`nalishlarga yo`naltiriladi:

– 2017—2021 yillarda ichimlik suvi ta`minoti va kanalizasiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizasiya qilish Dasturi doirasida suv ta`minoti va kanalizasiya ob`ektlarini moliyalashtirish uchun – 504,96 milliard so`m (buyurtmachi – O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziriligi);

— qishloq joylarida namunaviy uy-joylar qurish, boshqaruv va ijro organlari rahbarlariga xizmat uylarini hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xizmatchilariga xizmat uylarini qurish Dasturi doirasida ichimlik suvi ta`minoti ob`ektlarini qurishni moliyalashtirish uchun – 79,76 milliard so`m.

Ko`zda tutilgan mablag`lar evaziga 2018 yilda respublika bo`yicha 377 ta ob`ektlarni, 1 491,6 km suv quvurlarini hamda 261 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Natijada, 2018 yilda qo`shimcha ravishda 579,5 ming aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlanadi.

Bugungi kunda «Toza ichimlik suvi» jamg`armasi mablag`lari hisobidan 2018 yilga o`tuvchi ob`ektlar uchun moliyalashtirish ochilgan.

Agentlik eslatishicha, aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi munosabati bilan suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizasiyalash va ildam rivojlantirishga yo`naltirilgan suv ta`minoti tizimini tubdan yaxshilash bo`yicha kafolatlangan moliyalashtirish manbalarini yaratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida «Toza ichimlik suvi» jamg`armasi tashkil etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar