AsosiyJamiyat

Yangi tashkil etiladigan o`simliklar klinikasiga qanday imtiyozlar beriladi?

'Yangi tashkil etiladigan o`simliklar klinikasiga qanday imtiyozlar beriladi?'ning rasmi

Prezidentimizning joriy yil 28 mart kuni qabul qilingan «O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda o`simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 tadan o`simliklar klinikasi tashkil etilishi belgilandi.

Manfaatdor vazirlik va idoralar birgalikda bir oy muddatda o`simliklar klinikasi faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha barcha zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va uning faoliyatini yo`lga qo`yishda ishtirok etadi.

- O`simliklar klinikasi 2018 yilning 1 iyulidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar er solig`i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig`idan hamda yagona soliq to`lovlarini to`lashdan;

- 2020 yilning 1 yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlarga ko`ra o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish hamda mamlakatda karantin holatni yaxshilash uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki etarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, mashina va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi bojxona to`lovlarini to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar